09:30 / 27.01.2018
8 387

Atigi bir dona sigaret...

Atigi bir dona sigaret...
Ba’zilar oz-ozdan, shunchaki “havas uchun” sigaret chekishning zarari yo‘q, deb o‘ylashadi. Aslida bunday emas ekan. Kuniga atigi bir dona sigaret chekilguday bo‘lsa ham u insonni hayotiga jiddiy xavf tug‘diradi, – deyishmoqda olimlar.

Ularning bu boradagi tadqiqotini The BMJ jurnali e’lon qildi.

Mutaxassislarning bildirishicha, passiv, ya’ni juda oz miqdordagi chekish ham bir qator yurak xastaliklariga olib keladi, insult va saraton (rak)ning yuzaga kelishini oshiradi. Chekishning xavfsiz miqdori umuman yo‘q va kuniga bir dona chekilgan sigaret yurak – qon tomir kasalliklariga olib boradi. Ayniqsa, kashandalikning xavfi erkaklarga nisbatan ayollarda yuqori ekan.

Shu boisdan olimlar chekish miqdorini kamaytirish o‘rniga, sigaretdan butkul forig‘ bo‘lishni tavsiya etishmoqda.

Manba: auz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Atigi bir dona sigaret...