20:00 / 27.01.2018
7 195

Shifokorlar bir yoshli qizaloq o’pkasida LED chiroq lampasi bor ekanligini aniqladilar

Shifokorlar bir yoshli qizaloq o’pkasida LED chiroq lampasi bor ekanligini aniqladilar
Hodisa Hindistoning shimoli-g’arbidagi Chiplan shahrida sodir bo’ldi. Qizaloq Aribaning ota-onasi shifokor qabuliga qattiq yo’tal va kuchli istimadan shikoyat qilgan holda kelgan edilar. Ular Aribani odatiy usulda tumovga qarshi tabletkalar bilan davolamoqchi bo’lganlar, ammo vositalar qizchaning ahvolini yaxshilay olmagan.

Shifokorlar qizaloqni rentgen tekshiruviga jo’natishdi va kichkintoyning o’pkasida noma’lum buyum turib qolgani aniqlandi.

Ushbu buyumning kichkina LED chirog’i lampasi ekanligi ma’lum bo’ldi va qizcha uni o’yinchoq telefondan olib yutib yuborgan bo’lishi mumkinligi tahmin qilindi.

Xabar berilishicha, lampa qizchaning o’pkasidan jarrohlik aralashuvchi bilan olib tashlangan va kerakli barcha muolajalar belgilab berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokorlar bir yoshli qizaloq o’pkasida LED chiroq lampasi bor ekanligini aniqladilar