
Kunduzi ko‘p uxlashga odatlangan kishilar, faqat kechasi uxlaydigan odamlarga nisbatan Alsgeymer xastaligiga moyil bo‘lishadi. Vashington universiteti shifokorlari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqida «Xabar.uz» ma’lum qildi.
Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarda o‘rtacha yoshi 66da bo‘lgan 189 kishi qatnashdi. Fitnes-trekerlar yordamida shifokorlar tajriba ishtirokchilarining biologik faolligini 14 kun davomida kuzatishgan, shuningdek ularning bosh miyasi magnit-rezonans tomografiyasidan o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi amiloid blyashkalari bor kishilar kunduzi ko‘p uxlab, kechasi uyqu buzilishidan aziyat chekishar ekan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar