O‘zbekistonlik olimlar kasallik turi va og‘irlik darajasini aniqlaydigan model yaratishdi

Inson yuragi peristaltik nasos singari ishlaydi. Xo‘sh, ana shu murakkab jarayonning matematik modellarini yaratish mumkinmi?
Professor Qurolboy Navro‘zov boshchiligidagi tadqiqotchilar buning uddasidan chiqishdi. Binobarin, fizika-matematika fanlari doktori boshchiligida qon harakati, eritrotsit, trombotsit va leykotsitlarning plazma suyuqligi muhitida cho‘kish mexanizmi ham aniqlandi.
Olingan natijalar quvonishga asosli. Unga ko‘ra, bemor qonidagi eritrotsit zarrachalarining cho‘kish tezligi hamda reaksiyalariga qarab kasallik turi va og‘irlik darajasini aniqlash mumkin.
Tajriba natijalari Xorazm viloyati temir yo‘l shifoxonasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Xorazm filialida sinovdan o‘tkazildi.
Odilbek ODAMBOYEV
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar