12:00 / 02.02.2018
16 045

Gulkaram xotirani mustahkamlaydi...

Gulkaram xotirani mustahkamlaydi...
Gulkaram zamonaviy oshxonalarda sabzavot yoki bezak o‘rnida ishlatiladi. Uni xomligicha turli salatlarga qo‘shib ham tanovul qilish mumkin. Tarkibida kaliy, magniy, kalsiy, marganets, temir, rux kabi elementlar va shifobaxsh vitaminlar yetarlicha mavjudligi bois gulkaram yurak, jigar, ayollarda uchraydigan ko‘krak bezi saratoni profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.

Dunyodagi «Sog‘liq uchun foydali taomnomalar» reytingida gulkaram eng yuqori o‘rinda turadi. Gulkaram ovqat hazmini yaxshilaydi, tanada ortiqcha yog‘ to‘planishini kamaytirib, semiz­likning oldini oladi.

Bundan tashqari, gulkaram tarkibida aniqlangan fermentlar tanadagi zaharli birikmalarni zararsizlantirish jarayoniga yordam beradi. O‘z vaqtida chiqarib tashlanmagan zaharli moddalar hujayraning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Inson yoshi ulg‘aygani sari, albatta, xotira ham sustlashib boradi. Gulkaramdagi ko‘plab vitaminlar yosh bilan bog‘liq xotira pasayishining oldini oladi. Kuchli siqilish, miya zo‘riqishi, shuningdek, qarishni ham sekinlashtiradi. Gulkaramdagi B vitamini miya faoliyatini yaxshilashda samarali manba hisoblanadi, undagi K va D vitamini esa mushaklar mustahkamligini ta’minlab, suyaklar mo‘rtlashuvining oldini oladi.

PARHEZBOP SABZAVOT
Gulkaramda askorbin kislotasi va oqsil miqdori karamning boshqa turlariga nisbatan mo‘lroq. Ovqatga o‘sib yetilmagan oq rangli to‘pguli, ya’ni boshi solinadi. U yengil hazm bo‘lishi sababli parhezbop hisoblanadi. Uni suvda qaynatib, sho‘rvaga solib, tuxum bilan yengilgina qovurib, marinadlab, konservalab iste’mol qilish mumkin.

QANDLI DIABETGA QARShI RETsEPT
Gulkaram hamma uchun foydali mahsulot, ayniqsa, bolalarga. Unda yog‘ kaloriyasi kam, ammo S vitaminiga boy. Gulkaram g‘ayrioddiy ta’mi va xushbo‘yligi bilan ommabop mahsulotlar sirasiga kiradi. Shuning uchun undan ishtahaochar va qonni tozalovchi shifobaxsh salatlar tayyorlash mumkin. Masalan, qandli diabet bilan og‘rigan kishilar uchun quyidagi oddiy salat tavsiya etiladi:

1 dona gulkaramni bo‘laklarga bo‘lib, suvda qaynating va ustiga limon sharbati hamda zaytun yog‘idan quyib aralashtiring. Agar istasangiz, unga boshqa mevalardan ham qo‘shishingiz mumkin. Bunday oddiy salatni tayyorlash ham oson, ham foydalidir. Salat tanangizni yengillashtirib, qoningizni tozalaydi.

Britaniyalik mutaxassislar: «Tarkibida sabzavot va mevalari ko‘p bo‘lgan salatlar kishi organizmidagi qandli diabetning ko‘tarilib ketishining oldini oladi. Ayniqsa, gulkaram qo‘shilgan sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar yanada ko‘proq foyda beradi», deyishadi.

Olimlarning aniqlashicha, bu fikr aynan haqiqat. Agar qandli diabet bilan og‘rigan insonlar bir kunda bu mahsulotlardan 80 g iste’mol qilishsa, kasallikning rivojlanish xavfi to‘xtab, tanadagi qand miqdori 14 foizga kamayarkan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Gulkaram xotirani mustahkamlaydi...