12:25 / 13.02.2018
30 827

Kamqonlikni bartaraf etishning eng oddiy usullari

Kamqonlikni bartaraf etishning eng oddiy usullari
Men doim kamqonlikdan aziyat chekaman. Ayniqsa, bahor kelishi bilan ahvolim yanada yomonlashadi. Iltimos, aynan ana shu muammoni uy sharoitida bartaraf etish haqida tavsiyalar bersangiz?
Husniya INOG‘OMOVA
Samarqand viloyati


— Kamqonlik qondagi gemoglobin miqdorining tushib ketishi natijasida organizmga kislorod yetkazib berishning qiyinlashishidir. Bu esa jismoniy quvvat kamayib ketishiga olib keladi. Kamqonlikda yurakda shovqin, umumiy holsizlik, immunitet pasayib ketishi kuzatiladi. Gemoglobin miqdori tushib ketishi yoshu qarida birdek kechadi. Shunga qaramay, kamqonlikdan uy sharoitida qutulishning bir nechta choralari bor.

ODDIY RETsEPTLAR

  • 1 stakandan quritilgan olxo‘ri, turshak, yong‘oq, mayizni maydalang va sirli idishga soling. Ustidan 1 stakan asal va 1-2 dona limonni po‘stlog‘i bilan go‘shtqiymalagichdan o‘tkazib qo‘shing. Bu aralashmadan kuniga 3 mahal iste’mol qilsangiz, kamqonlik sizni boshqa bezovta qilmaydi.
  • Yarim stakandan sabzi, lavlagi, sholg‘om sharbatini bitta idishga solib aralashtiring va muzlatkichga qo‘ying. Undan kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan oldin 2 osh qoshiqdan iching.
  • Har kuni 1-2 dona sabzini qirg‘ichdan chiqarib, 1 osh qoshiq qaymoq yoki 1 osh qoshiq zaytun yog‘i aralashtirib, iste’mol qiling.
  • 1 oy davomida har kuni kechqurun yarim stakan grechixa yormasini 1 stakan qatiq bilan aralashtirib qo‘ying. Ertalab ana shu aralashmani biroz asal qo‘shib yeng.
  • Kechqurun 1 stakan qaynagan suvga 2 osh qoshiq na’matak solib, bostirib qo‘ying. Tongda damlamaga 1 stakan limon sharbatini qo‘shib, iching.
  • Yarim stakandan anor, qizil lavlagi, sabzi, yashil olma sharbatini idishga solib, ustidan yarim stakan asal qo‘shing va hammasini yaxshilab aralashtirib, kuniga 3 mahal yarim stakandan qabul qiling.
  • Qoramol tili kamqonlikdan xalos etadi. Bu taom hatto homilador ayollarga ham tavsiya etiladi. Buning uchun tilni bir necha usulda pishirish mumkin. Tilni har xil ziravorlar bilan marinadlab, gaz pechida pishirsangiz, u ishtahaochar darmondoriga aylanadi. Tilni qaysi usulda pishirishingizdan qat’i nazar, undan bir oyda 2-3 marta tayyorlab yesangiz, kamqonlikdan qutulasiz.
  • Kuniga 3 mahal 1 stakandan qovun sharbati ichish ham qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi.
  • Sachratqi o‘tidan 1 osh qoshiq olib, 1 stakan qaynatilgan sutga soling. Keyin 15‑30 daqiqa tindirib, dokadan suzib oling va damlamani uchga bo‘lib, kuniga 3 mahal iste’mol qiling.
  • 5‑6 dona olmani 2‑3 bo‘lakka bo‘ling. 5 dona olxo‘ri, 5‑6 dona turshak, bir hovuch mayiz va 5‑6 dona yong‘oq mag‘zini maydalab, 1‑1,5 l suvga solib, past olovda 1 soat qaynating. Sovigach, ta’bga ko‘ra asal aralashtiring. Bu darmondorini oyda 1-2 marta tayyorlab, 5-6 kun davomida har kuni choy o‘rnida ichsangiz, kamqonlik yengiladi.
  • Quritilgan anjir, turshak, mayiz, olxo‘ri va limonni idishga solib, ustidan qaynoq suv to‘ldiring va 7-8 soatga bostirib qo‘ying. Damlama tayyor bo‘lgach, unga biroz suyuq asal aralashtirib, shisha idishga soling va muzlatkichga qo‘ying. Uni kuniga 3 mahal ichishingiz mumkin.
  • Gemoglobin miqdorini oshirishni istasangiz, muolaja vaqtida hayvon yog‘idan kamroq iste’mol qiling.
  • Qora choy va qahvani ko‘p ichmang. Bu mahsulotlar temir moddasining tanaga singishiga to‘sqinlik qiladi.
  • Ovqatingizga esa limon sharbati, karam, bulg‘or qalampiri, dukkakli mahsulotlar, piyoz va ko‘kat solishni kanda qilmang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kamqonlikni bartaraf etishning eng oddiy usullari