13:15 / 25.02.2018
6 535

Makkajo‘xori insonni zaharlanishdan asraydi…

Makkajo‘xori insonni zaharlanishdan asraydi…
Italiyadagi bir guruh olimlar qariyb 20 yildan beri makkajo‘xorining inson organizmiga ta’siri masalasida izlanishlar olib borishdi. Va nihoyat bir to‘xtamga kelishdi. Makkajo‘xori doni inson organizmini mikotoksinlar hujumidan saqlashi amalda isbotlandi.

— Makkajo‘xori doni, — deyiladi shu xususdagi maqolada. — Har qanday qumursqa hujumini bartaraf eta oladi. Ular yetkazishi mumkin bo‘lgan zararni mustaqil tarzda bartaraf eta oladi. Shuning uchun ham makkajo‘xori hosildorlikda hatto bug‘doy, arpadan ham yuqori turadi. Xuddi shu xususiyati biz insonlarni ovqatdan, mevadan va boshqa mahsulotlardan zaharlanishimizga yo‘l qo‘ymaydi. Buning uchun biz tez-tez makkajo‘xori donidan tayyorlangan taomlarni, yoki shunchaki qaynatilgan makkajo‘xori iste’mol qilsak bas.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida ta’kidlangan mikotoksinlar inson organizmiga tushsa, saraton xastaligi xavfini oshiradi, buyraklar faoliyatiga putur yetkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Makkajo‘xori insonni zaharlanishdan asraydi…