10:35 / 28.02.2018
7 345

Amerikalik olimlar davolab bo‘lmaydigan saratonni yengish usulini topishdi

Amerikalik olimlar davolab bo‘lmaydigan saratonni yengish usulini topishdi
AQSHning Bingemton universiteti olimlari kimyoviy terapiya va radioterapiya samarasiz bo‘lib qolganda, davomiy qizitish va sovutish oshqozonosti bezidagi saraton hujayralarini yo‘qotishga yordam berishini aniqladi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Oshqozonosti bezi saratoni o‘limga olib keluvchi eng zararli shakllardan biri hisoblanadi. Taxminan 67 kishidan bir kishida mazkur kasallik qayd etiladi. Odatiy davolash usullari samarasiz bo‘lib, turli preparatlarning birgalikda qo‘llanilishi kuchli toksik ta’sir ko‘rsatadi.

O‘tkazilgan tajribalar natijasida ma’lum bo‘lishicha, haroratning 48—50 darajaga ko‘tarilishi va keyin 25 daraja sovuqqa tushishi bilan o‘tkazilgan ikki martalik jarayondan so‘ng saraton hujayralarining butunlay o‘lgani kuzatilgan. Endi olimlar bu jarayonni teskari tartibda qo‘llab ko‘rish qanchalik samarali bo‘lishini aniqlashga harakat qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Amerikalik olimlar davolab bo‘lmaydigan saratonni yengish usulini topishdi