
Mutaxassislarning gapiga qaraganda, bu neyronlardan iborat tizim asosan tibbiyot xodimlarining bemorga aniq tashhis qo‘yishini ta’minlab berishga qaratilgan. Bundan tashqari, algoritm bemor og‘ir bo‘lsa, yana qancha umri qolganini faktlarga asoslangan holda ko‘rsatib beradi. Faktlar vrachlarning bemorga taalluqli oldingi xulosalari, turli ko‘rinishdagi tahlillardan iborat bo‘ladi.
Klinik sinovlar paytida vrachlar og‘ir xasta ayolning ahvolini tekshiruvdan o‘tkazib, u yana bir oygina yashashi mumkinligini aytishdi. Ulardan so‘ng neyronlar tizimi ishga tushdi. Tizim bemor ayol ikki kundan keyin olamdan o‘tishi muqarrarligini ko‘rsatdi. Natija kutilganidek kechdi. Ayol haqiqatan oradan ikki kun o‘tgach, jon taslim qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing