Diqqat bilan qoʻlingizga qarang. Nimani koʻryapsiz? Refleksologlar butun boshli biofaol nuqtalarni koʻrishadi. Tadqiqotlarga koʻra, ular organizm va kayfiyatni nazorat qilish imkonini beradi. Qaysi barmoqlar yordamida nimalarga erishish mumkin?
Bosh barmoq
Katta barmoq sizning barcha qarorlaringiz uchun javobgar. U xavotir va bosh ogʻrigʻi uchun masʼul. Shuning uchun kayfiyatingiz yaxshi boʻlmasa, asabiylashsangiz va buning natijasida bosh ogʻrigʻini orttirsangiz, bosh barmoqni siqing, lekin juda kuchli bosim bilan emas. Taxminan 5 daqiqaga. Refleksologlarning soʻzlariga koʻra, bu bosh ogʻrigʻidan xalos boʻlishga yordam beradi.
Koʻrsatkich barmoq
Bu barmoq mushakdagi ogʻriqlar, shuningdek xafagarchilik, qoʻrquv va xijillik tuygʻusini nazorat qiladi. Minnesota Universiteti tadqiqot malumotlariga koʻra, mushakdagi ogʻriqlardan aziyat chekkan bemorlar refleksoterapiya seanslaridan keyin ahvollari yaxshilanganini taʼkidlashgan. Koʻrsatkich barmoqni boshqa qoʻlingiz kafti bilan 5 daqiqaga siqib turing.
Oʻrta barmoq
Agar oʻzingizni odatdagidan koʻproq charchagandek his qilsangiz yoki arzimagan narsalarga jahlingiz chiqaversa, oʻrta barmogʻingizni siqing. Tadqiqotlar bunday mashqlar qon bosimini pasaytirib, insonning oʻzini xotirjam his qilishiga olib kelishini koʻrsatdi.
Nomsiz barmoq
Salbiy his-tuygʻular va qaygʻudan nomsiz barmoq yordamida xalos boʻlish mumkin. Uni 5 daqiqaga oʻrtacha bosimda siqing. Xotirjamlikni saqlash va nafas olishni nazorat qilishni unutmang.
Jimjiloq
Kichik barmoq insonning oʻziga boʻlgan ishonchi, stress va asabiylik uchun masʼul. Agar siz ich-etingizni yeb, shaxsiy fazilatlaringizga ishonchsizlik bilan qarasangiz, 5 daqiqalik jimjiloq mashqini bajarishingiz zarur. Bunga parallel ravishda ortiqcha oʻy-xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang va yaxshiliklar haqida oʻylashga harakat qiling.
Kaft
Kaftingiz oʻrtasini boshqa qoʻl barmoqlari bilan bosing, aylanma harakatlar bilan uqalang va 3 marta chuqur-chuqur nafas oling. Refleksologiyaga koʻra, kaft his-tuygʻular markazi. Tadqiqot maʼlumotlariga binoan, kaftni muntazam uqalash koʻngil aynishi, tushkunlik, diareya va qabziyat bilan kurashishda yordam beradi.
Tutash kaftlar
Kaftlarni tutashtirish koʻproq meditatsiyada qoʻllaniladi. U diqqatni jamlash, oʻy-xayollar va his-tuygʻularni tartibga keltirishga yordam beradi. Kaftlarni tutashtirib, ularga qarama-qarshi bosim oʻtkazish orqali qon aylanishini yaxshilashga erishish mumkin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi