23:53 / 17.09.2018
9 633

Gepatit С onadan bolaga oʻtadimi?

Gepatit С onadan bolaga oʻtadimi?
Onadan bolaga virus homiladorlik vaqtida oʻtishi mumkin. Bundan tashqari, bolani parvarishlash vaqtida, koʻkrak suti bilan emizish chogʻida ham oʻtadi. Koʻpincha tugʻ­­­ruq vaqtida bolaga virus oʻtishi mumkin. Agar ho­mi­la­dor ayol qo­nida virus miqdori koʻp boʻlsa, homilaga kasallik oʻtish xavfi ortadi.

Gepatit С kasalligini homiladorlik vaqtida davolash shartmi?!

Gepatit С kasalligini davolashda ishlatiladigan dorilar homilaga salbiy taʼsir etishini eʼtiborga olgan holda homiladorlik vaqtida gepatit С kasalligini davolash tavsiya etilmaydi. Ayrim hollarda homiladorlik ogʻir kechganda, qon biokimyoviy koʻrsatkichlari oʻzgarganda homiladorlik vaqtida kasallik davolanadi.

Gepatit bilan kasallangan homilador ayollar bolasini jarrohlik amaliyoti usuli bilan tugʻishi shartmi?! Ularqaysi tugʻruqxonada yotishlari lozim?

Koʻpchilik olimlarning fikriga koʻra, homilaga kasallik yuqishi homilaning qaysi holatda dunyoga kelishi bilan bogʻliqdir. Agar homilador ayollar qonida virus miqdori koʻp boʻlsa, homiladorlik ogʻir kechsa, yaxshisi kesarcha kesish usuli orqali bolasini dunyoga keltirish tavsiya etiladi. Chunki ularda kesarcha kesish operatsiyasi oʻtkazilishi bolaga kasallik yuqish xavfini kamaytiradi. Odatda ge­­­patit S kasalligi bilan kasallangan homilador ayollar yuqumli kasalliklar shifoxonasida tugʻruq kompleksi mavjud boʻlsa, shu yerga qabul qilinadi. Bunday boʻlimlar mavjud boʻlmasa, tugʻruqxonada alohida xonaga yotqiziladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Gepatit С onadan bolaga oʻtadimi?