08:03 / 15.03.2019
16 855

Askaridoz kasalligi haqida nimalarni bilasiz? (foto)

Askaridoz kasalligi haqida nimalarni bilasiz? (foto)
Askaridalar - toʻgarak chuvalchanglar oilasiga kiruvchi parazitlar hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar va odamlar ichagida parazitlik qiladi.

Odam askaridasi erkagining uzunligi 15-25 sm, urgʻochisi 25-40 sm. Ular juda ham serpusht hisoblanib, bir sutkada ichakka 200 mingdan ortiq tuxum qoʻyadi. Askaridalar askaridoz deb ataladigan xavfli kasallikni paydo qiladi.
Askaridoz kasalligi- ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qoʻllar orqali yuqadigan kasallik hisoblanadi.

Kasallikning belgilari:

1- migratsion bosqichi:
- 5-7 kun davom etib, belgilarsiz oʻtadi;
- yuqqanidan 2-3 kundan soʻng quvvatsizlik;
- baʼzan isitma;
- terida toshma;
- yoʻtal;
- harorat koʻtarilishi;
- qoʻl va oyoq barmoqlarida mayda pufakchalar toshadi;
- limfatik tugunlar, jigar,taloq kattalashadi.


2- ichak bosqichi:
- oshqozon-ichak va nerv sistemalarining faoliyati buziladi;
- tez-tez koʻngli ayniydi;
- bolalar uyqusida tishini gʻijirlatadi;
- qorni ogʻriydi;
- ishtahasi buziladi;
- injiq va tajang boʻlib qoladi;
- ichning kelishi baʼzan suyuq, baʼzan esa qabziyat boʻladi;
- uyqusi buzilib ish qobiliyati pasayadi.

Kasallikni davolash:
1- migratsion bosqichida: mintezol- har kuni 50 mg/kg dan 5-7 kun davomida, kunlik doza boʻlib ichiriladi. Vermoks- bir kunda 2 mahal 100 mg dan 3-4 kun beriladi.

2- ichak bosqichida: levomizol- kattalarga 150 mg dan bir marta, kechki ovqatdan keyin beriladi. Dekaris bolalarga 2,5 mg/kg hisobidan beriladi. Homilador ayollarga berish mumkin emas. Kombantrin- 10 mg/kg hisobidan bir marta ovqatlanish vaqtida beriladi.

Kasallikning oldini olish:
- ifloslangan sabzavot va mevalarni yuvib isteʼmol qilish;
- qaynatilmagan suvlarni isteʼmol qilmaslik;
- ozodalik va sarishtalikka amal qilish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Askaridoz kasalligi haqida nimalarni bilasiz? (foto)