Difteriya (yun. Diptherien-parda i dr.), bo‘g‘ma- asosan hiqildoq, tomoq shilliq pardalarining yallig‘lanishi va a’zolarning zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir infeksion kasallik. Difteriya tayoqchasining o‘rnashgan joyiga va ko‘payishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, ko‘z, tashqi jinsiy a’zolar va teri difteriyasi kuzatiladi.
Tomoq difteriyasi - holsizdanish va haroratning ko‘tarilishi (38—39 °) bilan boshlanadi. Tomoq og‘rib jag‘ osti limfa tugunlari shishadi; tomoq shilliq pardasi qizaradi, murtak bezlari va yumshoq tanglay oq yoki kulrang parda bilan qoplanadi. Difteriyaning toksinli shakli ham rivojlanishi mumkin, u tez avj oladi.
Temperatura 40 ° gacha ko‘tariladi, yutinganda tomoq qattiq og‘riydi, bemor qayta-qayta qusadi. Umuman darmonsizlanadi, bo‘shashadi, yurak urishi tezlashadi, rangi siniqadi. Jag‘ osti limfa tugunlari sohasidagi teri osti kletchatkalari shishadi va u bo‘yinga, ba’zan ko‘krak qafasiga tarqaladi.
Tomoq shishi difteriyaning ilk belgisi bo‘lib, bunda murtak bezlari va yumshoq tanglay to‘qimalari bir-biriga deyarli jips yopishadi. Pardali karash tanglay, burun-halqumni qoplab olib, bemor xirillab nafas olishga majbur bo‘ladi, og‘zini sal ochib yuradi,
Hiqildoq difteriyasi (chin bo‘g‘ma):
Kasallik 3 davrga bo‘linadi.
1. Kataral davri (1-2 kun davom etadi):
- isitma o‘rtacha darajada bo‘ladi;
- tovush dag‘allashadi;
- yo‘tal.
2. Stenotik davri:
- shovqinli nafas olish;
- yuqori nafas yo‘llarining stenoziga xos belgilar kuchaya boshlaydi.
3. Asfiksiya davri:
- terlash;
- sianoz;
- mushaklar tonusi pasayishi;
- qorachiq kengayadi;
- hoxishsiz peshob va najas ajraladi;
- tomir urishi ipsimon;
- hushsizlik.
Ko‘z difteriyasi - parda ko‘z shilliq qavatida bo‘ladi, ayrim hollarda ko‘z soqqasiga ham yoyilishi mumkin. Jarohatlangan tomonda ko‘z qovoqlari shishadi, zichlashadi, ko‘zdan yiringli modda ajraladi.
Teri difteriyasi - terining jarohatlangan sohasida rivojlanadi. Terining yorilgan, tirnalgan, shishli, yarali, po‘stlok-qatqoloqli, kuygan sohalarida shish va difteriya pardasi hosil bo‘ladi.
Jinsiy a’zolar difteriyasi - qiz bolalarning tashqi jinsiy a’zolar shilliq qavatida yallig‘lanish va difteriya pardasi kuzatiladi.
Ayrim hollarda kindigi kesilgan chaqaloqlarda - kindik difteriyasi kuzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi