
Kasalliklarning ko‘plab turi ayollarda kuzatiladi. Ayollar orasida uchraydigan kasalliklardan biri bu- adneksitdir.
Adneksit — bachadon yo‘llari va tuxumdonlarning yallig‘lanishi (ba’zan paylar ham zararlanadi). Ayollarning keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi.
Kasallik sabablari:
- sovuqda qolish;
- emotsional stress;
- yallig‘lanish o‘choqlarining yaqin joylashishi;
- shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik;
- jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar borligi.
Adneksit belgilari:
- qorinning pastki qismida og‘riq bo‘lishi;
- tana haroratining oshishi;
- tez charchash;
- holsizlik;
- noxush hidli, sariq yoki yashil tusli patologik ajralmalarning kuzatilishi.
Adneksit kasalligining asoratlari:
- bepushtlik;
- trubaning ulangan joyidan yorilishi.
Davolash yo‘llari:
- fizioterapiya;
- vitaminoterapiya;
- zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘shiladi.
Har bir ayollarni bu kabi noxush kasalliklar bezovta qilmasligi, kasallikka chalinmasligi uchun doimo o‘zlariga e’tibor berib, vaqti- vaqti bilan shifokorlar ko‘rigidan o‘tib turmoqlari kerak bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar