11:48 / 23.10.2019
6 262

Yuzdagi husnbuzar qaysi kasalliklar alomati ekanini bilasizmi?

Yuzdagi husnbuzar qaysi kasalliklar alomati ekanini bilasizmi?
Foto: «Autogear.ru»
Shifokorlarning taxminicha, yuzdagi toshma vujudimizdagi xastaliklardan darak berishi mumkin. Masalan, peshanadagi husnbuzar gormonal o‘zgarish yoki hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolardan dalolat. Shuningdek, bosh kiyim sabab terlaganda ham husnbuzar paydo bo‘lishi mumkin, deb yozadi «Xabar» nashri.

Burundagi toshma yurak-qon tomir tizimidagi buzilishlardan ogohlantiradi. Agar toshma qanshar sohasida paydo bo‘lsa, jigarning qonni yomon tozalayotganini anglatadi.

Ko‘z atrofidagi toshma buyrak yaxshi ishlamayotganini bildiradi, lab atrofidagi husnbuzar esa oshqozon buzilishi va ich qotishiga ishora qiladi. Yana lunjdagi husnbuzar ham oshqozon-ichak yo‘lidagi muammolardan ogohlashtirishi mumkin. Shuningdek, o‘ng lunj nerv tizimiga javobgar. Shu bois yuzning o‘ng tomonidagi toshma asabiylashmaslikka chaqiradi. Chap lunjdagi toshma esa jigar bilan bog‘liq muammolardan guvohlik berishi mumkin.

Iyakdagi husnbuzar endokrin tizimi faoliyatidagi buzilishlarga ishora qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yuzdagi husnbuzar qaysi kasalliklar alomati ekanini bilasizmi?