Foto: «Compressor-trade.ru»
Shifokor-ortoped, Germaniyada sport tibbiyoti va profilaktikasi jamiyati vitse-prezidenti Aksel Klyayn oyoqlardagi tomir tortishishining asosiy sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jismoniy faollik yetishmasligi, shuningdek, jiddiy kasalliklar alomati ham bo‘lishi mumkin.
Agar oyoq mushaklari to‘satdan qotib qolsa va bu holat kuchli og‘riqni keltirib chiqarsa, qalqonsimon bezni tekshirtirish kerak. Bundan tashqari, u diabet alomati yoki ayrim dori vositalarining noxush ta’siri bo‘lishi ham hech gap emas.
Klyaynning ta’kidlashicha, oyoqdagi tomir tortishishiga o‘ta tor poyabzal ham sabab bo‘ladi. Bu dardning keksalarda kuzatilishi esa qon tomirlardagi o‘zgarishlardan dalolat.
Tomir tortishishi tezlashganda nevrologga murojaat eting: u nerv yoki mushak shikastlanishi alomatlari bor-yo‘qligini tekshiradi.
Shifokor magniyli qo‘shimchalar mushak spazmini kamaytirishga yordam beradi degan mish-mishni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, magniyning mushaklar holatiga ijobiy ta’sirini tasdiqlovchi ilmiy dalillar yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”