Butun dunyoda olimlar koronavirusga davo choralari qidirishayotgan bir paytda Avstraliyalik olimlar inson immun tizimi Covid-19 virusiga qarshi qanday kurashishini aniqlashdi.
Seshanba kuni Nature Medicine jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bemorlar yangi virusdan grippdan davolangandek tuzalmoqda.
Bemorlarda qaysi immun hujayralari paydo bo‘lishini aniqlash orqali virusga qarshi vaksina ishlab chiqishda foydalanish mumkin deydi mutaxassislar.
Dunyo miqyosida koronavirusning 160 mingdan ortiq holatini va 6500 ga yaqin odamlarning hayotdan ko‘z yumishi tasdiqlandi.
"Bu [kashfiyot] juda ahamiyatlidir, chunki immunitetimiz yangi virus bilan qanday kurashayotganini birinchi marta anglayapmiz", dedi tadqiqodchilardan biri professor Katerin Kedziyerska.
Melburndagi Piter Doherti nomli infeksiya va immunitet instituti tadqiqotlarida aniqlangan natijalar ham maqtovga sazovor.
Nima aniqlandi?
Ko‘pchilik bemorlar Covid-19 dan tuzalishdi, ya’ni immun tizimi virus bilan muvaffaqiyatli kurashishi mumkinligi allaqachon ma’lum edi.
Ammo Covid-19 bilan kurasha oladigan to‘rt turdagi immun hujayralari birinchi marta aniqlandi.
Ular virusning yengil-mo‘’tadil holati bo‘lgan bemorni kuzatish orqali aniqlangan va bemorda koronavirusni yengish paytida sog‘ligi bilan boshqa muammolar yo‘q edi.
Xitoyning Uxan shahridagi 47 yoshli ayol Avstraliyadagi kasalxonaga yotqizilgan. U 14 kun ichida tuzaldi.
Ayol tuzala boshlashidan uch kun oldin uning qonida o‘ziga xos hujayralar paydo bo‘ldi. Grippga chalingan bemorlarda ham xuddi shu hujayralar paydo bo‘ladi, deydi professor Kedziyerska.
Bu qanday yordam beradi?
Immun tizimi hujayralari reaksiyasini aniqlash virusning rivojlanishini va undan tuzalish choralarini aniqlashga yordam beradi, deydi Svinburn Texnologiya Universiteti sog‘liqni saqlash fanlari doktori, professor Bryus Tomson. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”