14:06 / 02.02.2022
977

Immun tizimi uchun qaysi biri xavfliroq: gamburgermi yoki shamollash?

Immun tizimi uchun qaysi biri xavfliroq: gamburgermi yoki shamollash?
Ko‘proq yurish, yetarlicha uxlash, o‘rtacha jismoniy mashqlar bajarish — bu har birimiz immunitetimiz uchun qila oladigan narsa, tanani qo‘llab-quvvatlash, virus va bakteriyalarga qarshi kurashishda bergan yordamimizdir.

Sizningcha, immun tizimimiz kuchli himoya yaratishi faqat kasal bo‘lganimizda sodir bo‘ladimi? Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot bundan ham yomon holat borligini tasdiqladi.

Shamollash va gamburgerlar — ta’siri bir xilmi?
Bonn universiteti olimlarining 2018 yilda chop etilgan tadqiqoti shuni tasdiqladiki, biz tushlik yoki gazak uchun (qizil go‘sht miqdori ko‘p bo‘lgan taom, shakar, to‘yingan yog‘ va kletchatkalar kam ovqat) iste’mol qilganimizda, xuddi bir hafta ORVI bilan kasallangandek immunitetimizga zarba beramiz.

Tadqiqotchilar tajriba uchun boqilgan sichqonlarni bir oy davomida mashhur fastfudlar tarkibiga o‘xshash yeguliklar bilan oziqlantirdi va hayvonlarda yuqumli kasallikka chalinganidan keyin paydo bo‘ladigan yallig‘lanish reaksiyasi tezda paydo bo‘lishini aniqladilar. Organizm xuddi xavfli kasalikka qarshi kurashgani kabi kuchli armiyani safarbar qildi: hayvonlarning qonidagi immunitet hujayralari soni bir necha marotabaga oshdi.

Ammo eng achinarlisi bu emas: keyingi tadqiqotlar noto‘g‘ri ovqatlanish bilan boshlangan jarayon tufayli organizmning avvalgi holatini deyarli qaytarib bo‘lmasligini tasdiqladi: hatto yallig‘lanish reaksiyasi susayganidan keyin ham, genetik testlar immunitet tizimidagi o‘zgarishlarni aniqlashda davom etdi. Tananing mudofaa tizimi doimiy tashvish holatini saqlab qolgan, bu esa sog‘liq uchun yaxshi emas.

Xullas, agar sizga sog‘lom ovqatlanishga o‘tish va fastfuddan qutulish uchun yana bir dalil kerak bo‘lsa, unda diqqat qiling: qancha ko‘p gamburger va qovurilgan kartoshka yesak, tanamizning jiddiy hujumlarga dosh berishga kuchi qolmaydi. Shu jumladan, koronavirusdan ham himoya qilolmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Immun tizimi uchun qaysi biri xavfliroq: gamburgermi yoki shamollash?