Foto: Pinterest
Qalqonsimon bez kichik bo‘lsa-da, ammo juda muhim organdir. Organizmning ko‘plab muhim tizimlarining salomatligi uning ishlashiga bog‘liq. Hatto juda kichik kamchilik ham eng muhim organlarning ishiga jiddiy ta’sir qilishi va kasalliklarni qo‘zg‘atishi mumkin. Qalqonsimon bezning holatini baholash vaqti keldimi yoki yo‘qligini tekshiring va quyidagi alomatlarga ehtiyot bo‘ling.
Vazn o‘zgarishi
Metabolizm tezligi qalqonsimon bezga ham bog‘liq va shuning uchun uning ishidagi eng kichik o‘zgarish darhol sezilarli bo‘ladi. Qalqonsimon bez haddan tashqari faol bo‘lsa, to‘satdan va sezilarli darajada oz yoki hech qanday harakat qilmasdan vazn kamayishi mumkin. Agar, aksincha, bez odatdagidan ko‘ra kamroq gormonlarni qonga chiqaradigan bo‘lsa, shish boshlanadi va semirish kuzatiladi. Ikkala holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur, agar kerak bo‘lsa, qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvini o‘tkazish zarur.
Uyquchanlik va charchoq hissi
Juda ko‘p ishlash, yetarlicha dam ololmaslik qiynaydimi? Doimo uyquchanlik va yengil yumushlar ham charchatadimi? Xulosa chiqarishga shoshilmang: ehtimol bularning barchasi qalqonsimon bezning yaxshi ishlamasligidandir. Endokrinologlarning aytishicha, agar charchagan holda uyg‘onish kuzatilsa, bu shifokorga borishdan darak beradi. Ehtimol, davolanishdan so‘ng hammasiga o‘z joyiga tushib ketar.
Termoregulyatsiya bilan bog‘liq muammolar
Atrofdagilarning hammasi issiqdan aziyat chekayotgan bir vaqtda sovqotish yoki aksincha, sovuq mavsumda terlash. Bu qalqonsimon bezning normal faoliyati buzilganligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yana bir alomat.
Hayz davrining buzilishi va homilador bo‘lmaslik
Ayollarning reproduktiv salomatligi endokrin tizim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, homilador bo‘lish qobiliyati asosan qalqonsimon bezning yaxshi ishlashiga bog‘liq. Sikldagi o‘zgarishlar, og‘ir davrlar, homiladorlik bo‘la olmaslik – bularning barchasi endokrinolog bilan bog‘lanish va qalqonsimon bezni tekshirish uchun sababdir. Gap shundaki, gipotireoz ovulyatsiya va hayz davrini boshqaradigan gormonlar ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin. Shuning uchun agar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, qalqonsimon bezni tekshirish zarur.
Depressiya va tashvish
Agar qalqonsimon bez juda ko‘p gormon ishlab chiqarsa, organizmning umumiy ritmi kuchayadi, asab tizimi stressni boshdan kechiradi va asabiylik hamda tashvishlanish kuzatiladi. Agar gormonlar juda kam bo‘lsa, haqiqiy depressiya alomatlarini boshdan kechirish mumkin. Shunday qilib, agar tashvish yoki tushkunlik kuchaysa, ehtimol, psixiatrga qo‘shimcha ravishda endokrinolog bilan uchrashish kerak.
Teri va soch muammolari
Gipotireozning yana ikkita muhim belgisi soch to‘kilishi va quruq teridir. Yozda ushbu alomatga duch kelishdan, ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak. Gap shundaki, metabolizm bilan terlash ham kamayadi, buning natijasida teri kamroq namlanadi, quriydi va hatto tezroq suvsizlanadi. Shuning uchun bunday vaqtda krem va losonlar yordam bermaydi, yaxshisi endokrinolog bilan maslahatlashgan ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi