date
views 1 664

Tuzdan voz kechganda organizmda nimalar sodir boʻladi?

Tuzdan voz kechganda organizmda nimalar sodir boʻladi?
Nutritsiolog Alena Stepanova RIA Novostiga tuzdan voz kechishning oqibatlari haqida soʻzlab berdi. Mutaxassisning aytishicha, tuz iste'mol qilish organizmning hayotiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur.

Tuz tarkibidagi natriy ionlari mushaklar toʻqimalari kamayishida, nerv impulsini oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Shu sababli, butunlay tuzdan voz kechish oʻtkir charchoq, umumiy lohaslik, nerv-mushak faoliyatida buzilishlarga olib keladi”, - deydi mutaxassis.

Stepanovaning qoʻshimcha qilishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga koʻra, katta yoshdagi odam uchun tuzning bir sutkalik normasi 5 grammni tashkil qilishi lozim.

Yuqori qon bosimi, glaukoma (koʻz kasalligi), tuberkulez, buyrak etishmovchigi, oshqozon yarasi kasalliklari boʻlgan inson organizmi natriy xlor moddasini singdira olmaydi. Natijada, mahsulotning foydali jihatlari zararga aylanadi: kasallik oʻtishi yomonlashadi, ishchanlik qobiliyati yoʻqoladi”, - deydi nutritsiolog.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tuzdan voz kechganda organizmda nimalar sodir boʻladi?