Kartoshka aksariyat taomlarning asosidir. Quyida sevimli sabzavotning foydali xususiyatlari haqida bilib olishingiz mumkin.
Kartoshka qachon paydo bo‘lgan?
Kartoshka makkajo‘xori bilan birga Janubiy Amerikadagi qadimgi qabilalar orasida asosiy iste’mol mahsulot bo‘lgan. Sayohatchilarning ta’kidlashicha, u yerlarda yovvoyi ildiz navlari hali ham mavjud.
Kartoshka Yevropaga XVI asrda olib kelingan, ammo mahalliy aholi uni ocharchilik yillarida ham ovqatga qo‘shmagan. Ishonch fransuz agronomi Antoine Auguste Parmentierning bayonotlaridan keyin paydo bo‘ldi. U kartoshkani salomatlik uchun xavfsiz mahsulot deb atadi.
Kartoshkaning foydali xususiyatlari: vitaminlar
Kartoshkada organizm uchun muhim bo‘lgan antioksidant – fitonutrientlar mavjud.
Vitamin B6 – «baxt gormonlari» (dofamin, serotonin, norepinefrin) ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi, stress, yomon kayfiyat bilan kurashishga yordam beradi, miya faoliyatini yaxshilaydi.
C vitamini – antioksidant bo‘lib, organizmni erkin radikallardan xalos qiladi, immunitetni, turli kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Kaliy – asab tizimini, mushaklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, qon bosimini me’yorlashtiradi.
Kalsiy – suyak to‘qimasini, tish emalini mustahkamlaydi.
Kletchatka – organizmga to‘qlik hissini beradi, ichakning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Xom kartoshka asosan xalq tabobatida qo‘llaniladi. Husnbuzar, kuyishdan keyingi jarohatlar uchun kompresslar sifatida ishlatiladi. Haftasiga 3-4 marta 20-25 daqiqa davomida qo‘llaniladi. Maydalangan kartoshka oshqozon yarasida yordam beradi, yallig‘lanishni yengillashtiradi.
Kartoshka sharbati ovqat hazm qilish muammolari uchun ichiladi, kuniga 3 marta 100 ml. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘idagi periodontal kasallik yoki yaralarni davolash uchun yuvish qo‘llaniladi. Albatta, bundan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.
Xom sabzavot qon bosimini pasaytiradi, shuning uchun gipotonik bemorlar uchun mumkin emas. Miqdorni oshirib yuborish holatlarida ovqat hazm qilish muammolari yuzaga kelishi mumkin. Zaharlanish belgilariga quyidagilar kiradi: isitma, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi