Foto: Getty Images
Bel og‘rig‘i — ko‘pchilikda shifokorga borish yoki dardni o‘tkazib yuborishining eng keng tarqalgan ko‘rinishidan biri. Shuningdek, butun dunyo bo‘ylab nogironlikning keng tarqalgan sababi hisoblanadi.
Bel og‘rig‘iga nima sabab bo‘ladi?
Ko‘pincha bel og‘rig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarga quyidagilar kiradi:
- Mushak yoki paylarning cho‘zilishi. Og‘ir narsalarni ko‘tarish yoki to‘satdan noqulay harakat bel mushaklari va umurtqa pog‘onasi paylari cho‘zilishiga olib kelishi mumkin. Agar jismoniy holatingiz yomon bo‘lsa, doimiy bel og‘rig‘i mushaklarning og‘riqli spazmlariga olib kelishi mumkin.
- Osteoartroz. Osteoartroz pastki bel sohasiga ta’sir qilishi mumkin. Ba’zi hollarda umurtqa pog‘onasi artrozi orqa miya atrofidagi bo‘shliqning torayishiga olib keladi, bu holat umurtqa kanali stenozi deb ataladi.
- Osteoporoz. Agar suyaklar g‘ovakli va mo‘rt bo‘lib qolsa, umurtqa pog‘onasida og‘riq yuzaga kelishi mumkin.
Bel og‘rig‘ining sababini aniqlash uchun shifokor ko‘rigi yoki qo‘shimcha tekshiruv zarur.
Qachon shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak?
Odatda bel og‘rig‘i bir necha kundan bir necha haftagacha bo‘lgan uy sharoitida parvarish qilish va dam olish bilan asta-sekin yaxshilanadi. Ammo quyidagi hollarda shifokorga murojaat qilish kerak:
- bel bir necha hafta davomida og‘riydi;
- og‘riq dam olgandan keyin ham o‘tib ketmaydi;
- bir yoki ikkala oyoqqa tarqaladi;
- bir yoki ikkala oyog‘ida zaiflik, sanchish yoki uvishish paydo bo‘ladi.
Ba’zi hollarda bel og‘rig‘i jiddiy muammodan darak berishi mumkin.
- ichak yoki siydik pufagida muammolarni keltirib chiqaradi;
- isitma bilan birga keladi;
- orqa bilan yiqilish yoki boshqa jarohatlardan keyin bel og‘risa, darhol shifokorga ko‘rining. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”