Foto: Grazia
Aksariyat insonlar tongni bir stakan qahva ichish bilan boshlaydi. Bu uyg‘onish, kayfiyatni ko‘tarish va o‘zni yaxshi his qilishga yordam beradi. Biroq mazkur ichimlik bilan juda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki uni me’yoridan ortiq iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Qahva tarkibida ko‘plab biologik faol birikmalar, jumladan, kofein mavjud. Bir stakanda taxminan 100 milligramm ushbu modda bor. Tadqiqotchilar 400 milligramm kofeinni xavfsiz doza deb hisoblashadi. Ya’ni, qo‘rqmasdan, kuniga taxminan to‘rt stakan qahva ichish mumkin.
Qahvani kamroq ichish kerakligini qanday aniqlash mumkin?
Hammasi bo‘lib, mutaxassislar ichimlikdan foydalanishni kamaytirish yoki bir muddat butunlay tark etish vaqti kelganini ko‘rsatadigan to‘rtta belgini aniqladi:
Jig‘ildon qaynashi. Buning sababi, kofein pastki qizilo‘ngach sfinkterini bo‘shashtiradi. Bu o‘z navbatida, oshqozon kislotasining qizilo‘ngachga kirishiga yo‘l ochadi.
Uyqu muammolari. Yotishdan taxminan olti soat oldin qahva ichishni to‘xtatish kerak, bu sog‘lom va to‘liq dam olishni ta’minlaydi.
Ortiqcha vazn. Qahva to‘qlik hissini beradi, shuning uchun bu ichimlikdan bir piyola ichgan odam ovqatlanishdan bosh tortishi mumkin. Biroq to‘qlik hissi tark etganda, ochlik keskin sezilishi mumkin. Bu esa afsuski, ko‘pincha ortiqcha ovqatlanish va kilogramm ortishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”