Foto: «Lisa»
Avokado kaliy, kletchatka va foydali yog‘larga boyligi bilan mashhur. Qolaversa, yaqinda olimlar avokadoning yana uchta ajoyib xususiyatini aniqladi, deb yozadi «Lisa».
Avokado ko‘p yillar davomida supermahsulotlar orasida birinchi o‘rinda turadi. Albatta, bu bejizga emas. Bu mevani ratsionga qo‘shishning bir nechta sabablari bor. Ular ilmiy tomondan tasdiqlangan.
Vazn kamaytirishga yordam beradi
Ma’lumki, qorin bo‘shlig‘ida ikki turdagi yog‘ to‘qimalari to‘planadi: teri osti yog‘i va ichki organlarni o‘rab turgan visseral yog‘. Ikkinchi turdagi yog‘lar ikkinchi toifadagi diabet xavfini oshiradi. Biroq Illinoys universiteti (AQSH) olimlarining fikriga ko‘ra, kuniga atigi bitta avokado ayollarga qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Tadqiqot uchun olimlar 105 nafar ortiqcha vaznli semiz erkak va ayolni tanlab oldi. Ishtirokchilar tabiiy ravishda ikki guruhga bo‘linib, parhezga o‘tdi. Ratsion bir xil, lekin bir guruh har kuni avokado qabul qildi, ikkinchi (nazorat) guruhi esa ushbu mevani iste’mol qilmadi. Tadqiqotning boshida va oxirida ishtirokchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, uning davomida, boshqa narsalar qatorida, qorin bo‘shlig‘ida yog‘ to‘qimalarining to‘planishi miqdorini baholash amalga oshirildi. Ma’lum bo‘lishicha, avokadoni iste’mol qilganlarning qorin bo‘shlig‘idagi visseral yog‘ miqdori kamaygan, ammo bu faqat ayollarda kuzatilgan. Ushbu mevani iste’mol qilish erkaklarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.
Xolesterinni kamaytiradi
Pensilvaniya shtat universiteti olimlari taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, kuniga atigi bitta avokado iste’mol qilish yomon xolesterin (past zichlikdagi lipoprotein yoki LDL) darajasini pasaytiradi — bu yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshishida va aterosklerotik blyashkalarning shakllanishida ishtirok etadi.
Tadqiqotda ortiqcha vaznli yoki semirib ketgan 45 kishi ishtirok etdi. Ko‘ngillilar uch guruhga bo‘lingan, har bir guruhga turli xil parhezlar tayinlangan: kunlik ratsionga kam, o‘rtacha hamda o‘ta yog‘li mahsulotlar bilan esa bitta avokado qo‘shilgan. 5 hafta o‘tgach, olimlar natijalarni sarhisob qildi: avokado guruhidagi ishtirokchilar aterosklerozning rivojlanishiga olib keladigan LDL darajasini ham, oksidlangan LDL darajasini ham eng ko‘p kamaytirishga qodir ekani ma’lum bo‘ldi.
Saraton kasalligidan himoya qiladi
Ontario (Kanada)dagi Guelf universiteti olimlari avokado tarkibida o‘tkir miyeloid leykemiya (AML)da saraton hujayralarining o‘sishini bostiruvchi birikma topdi. Leykemiya hujayralarida o‘simta hujayralarining o‘sishiga yordam beruvchi ko‘p miqdorda VLCAD fermenti mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar VLCAD faoliyatini pasaytirishi mumkin bo‘lgan moddani topish maqsadida turli xil mahsulot va qo‘shimchalarni o‘rgandi. Va nihoyat ular buni topdi: bu avokado tarkibida mavjud bo‘lgan yog‘lar sinfidan bo‘lgan avokatin B molekulasi bo‘lib chiqdi.
Avokatin B allaqachon ikkinchi toifadagi diabetning oldini olish va semirishni davolash uchun sinovdan o‘tgan. So‘ngra olimlar bu molekula VLCAD funksiyasiga ta’sir qilishini isbotlay oldi. «Yomon hujayralar omon qolish uchun VLCAD’ga bog‘liq», — dedi tadqiqotchi Pol Spagnuolo. Shuning uchun ushbu fermentni nishonga olish saraton tarqalishini sekinlashtirishi mumkin.
O‘tkir miyeloid leykemiya barcha qon saratonlari orasida eng halokatli hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu kasallik 65 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi. Bemorlarning 10 foizidan kamrog‘i tashxisdan keyin 5 yil omon qoladi. Bemorlarning faqat yarmiga kimyoterapiya buyuriladi, qolganlariga esa og‘riqni qoldirish uchun oddiygina palliativ yordam ko‘rsatiladi. Afsuski, AML’ni davolashda ishlatiladigan dorilar juda zaharli, shuning uchun olimlar nisbatan xavfsiz moddalarni topishga harakat qilmoqda va ular asosida o‘simtaga qarshi kurashadigan dori-darmonlarni ishlab chiqmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi