12:03 / 27.04.2022
972

Sabzining ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qilishi rostmi?

Sabzining ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qilishi rostmi?
Foto: Grazia
Albatta, har bir kishi bolaligida sabzi ko‘z va ko‘rishni yaxshilash uchun foydali ekanini eshitgan. Shuning uchun ham ko‘pchilik uni gazak uchun pishirilmagan holda iste’mol qiladi. Biroq bu mahsulot ko‘plab taomlarga qo‘shilishiga qaramay, odamlarning aksar qismi ko‘rish bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekmoqda. Grazia nashri bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Sabzi beta-karotin va antioksidantga boy bo‘lib, ular organizmda A vitaminiga aylanadi. Bu, o‘z navbatida, ko‘z sog‘lig‘iga foydali ta’sir ko‘rsatadi — ko‘rlik, katarakta va boshqa kasalliklar xavfini kamaytiradi. Shuningdek, ko‘zga nurni miyaga yuborilgan signalga aylantirishga yordam beradi, bu esa yaxshiroq ko‘rish imkonini yaratadi.

Shuni yodda tutish kerakki, tanada beta-karotin yetarli bo‘lsa, u A vitamini sintezini to‘xtatadi, shuning uchun ortiqcha sabzi iste’mol qilish ko‘z sog‘lig‘iga katta foyda keltirmaydi.

Ko‘rish bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlar uchun sabzi yordam berishi dargumon, chunki u dori emas, shuning uchun shifokor bilan maslahatlashish lozim. Biroq sabzini ratsionga qo‘shish ortiqcha bo‘lmaydi, shunchaki holatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi. Qolaversa, A vitaminiga boy bo‘lgan boshqa mahsulotlardan ham xuddi shunday foyda olish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sabzining ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qilishi rostmi?