Toshkent qulay shaharlar reytingida 157-o‘rinni egalladi

The Economist Intelligence Unit har yili e’lon qiladigan Global Liveability Index 2026 hisobotida Toshkent 173 shahar orasida 157-o‘rinni egalladi.
Reytingda shaharlar besh asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholanadi: barqarorlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat va atrof-muhit, ta’lim hamda infratuzilma. Ushbu ko‘rsatkichlar orqali shaharda yashash sifati va kundalik hayot uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilinadi.
Toshkent bu yilgi ro‘yxatda mintaqadagi ayrim shaharlardan pastroq o‘rinda qayd etildi. Xususan, O‘zbekiston poytaxti Olmaota va Bokudan ortda qolgan.
Reytingning birinchi o‘rnini ikkinchi yil ketma-ket Kopengagen egalladi. Daniya poytaxti shahar muhiti, davlat xizmatlari sifati va infratuzilma ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholangan. Ro‘yxatning oxirgi pog‘onasida esa Damashq qayd etilgan.
Toshkentda so‘nggi yillarda qurilish va shahar infratuzilmasini yangilash ishlari faol davom etmoqda. Shunga qaramay, umumiy baholash natijalariga ko‘ra, poytaxt hali ham yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxatining quyi qismida qolmoqda.































Izohlar 0
…