Rossiyada «Moskvich» mashinalari chiqariladi

Rossiyadagi sobiq «Reno Rossiya» zavodida shu yilning o‘zidayoq «Moskvich» mashinalari chiqarilishi boshlanadi. Rossiya savdo-sanoat vazirligining avtomobil sanoati va temiryo‘l mashinasozligi departamenti direktori Denis Pak bu haqda «Rossiya 24»ga ma’lum qildi.
«Moskva shahri hokimligi sobiq «Reno Rossiya» zavodi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi, zavodning endigi nomi — «Moskvich» Moskva avtomobil zavodi. Shu yilning o‘zida ishlab chiqarish boshlanishini kutyapmiz», — dedi Pak.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, «AvtoVAZ» konserni «Renault» (Fransiya) bilan kelishuv asosida barcha modellar qatorini saqlab qoladi, Renault Duster ni Tolyattida mahalliylashtiradi. Mashina Lada brendi ostida chiqariladi.
Fransiyaning «Renault» kompaniyasi «AvtoVAZ»dagi 68 foiz ulushini hamda Mokvadagi zavodining 100 foiz ulushini Rossiya hukumatiga davlat mulki sifatida topshirgan.
Moskva meri Sergey Sobyanin bugungi bayonotida tarixiy «Moskvich» brendi ostida ichki yonuv dvigatelli mashinalar chiqarilishini aytgandi, hatto kelajakda elektrokarlar chiqarish haqida ham o‘ylashyapti.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Moskva shahri hokimligi sobiq «Reno Rossiya» zavodi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi, zavodning endigi nomi — «Moskvich» Moskva avtomobil zavodi. Shu yilning o‘zida ishlab chiqarish boshlanishini kutyapmiz», — dedi Pak.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, «AvtoVAZ» konserni «Renault» (Fransiya) bilan kelishuv asosida barcha modellar qatorini saqlab qoladi, Renault Duster ni Tolyattida mahalliylashtiradi. Mashina Lada brendi ostida chiqariladi.
Fransiyaning «Renault» kompaniyasi «AvtoVAZ»dagi 68 foiz ulushini hamda Mokvadagi zavodining 100 foiz ulushini Rossiya hukumatiga davlat mulki sifatida topshirgan.
Moskva meri Sergey Sobyanin bugungi bayonotida tarixiy «Moskvich» brendi ostida ichki yonuv dvigatelli mashinalar chiqarilishini aytgandi, hatto kelajakda elektrokarlar chiqarish haqida ham o‘ylashyapti.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…