Shavkat Mirziyoyev qarori bilan 2022–2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan «Xavfsiz va ravon yo‘l» umummilliy dasturi tasdiqlandi.
Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini keskin qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
- avtomobil yo‘llari infratuzilmasini kompleks takomillashtirish;
- avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish;
- jamoat transportini rivojlantirish va raqamlashtirish;
- yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish;
- haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni kuchaytirish.
Shuningdek, dasturda belgilangan manzilli tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlaridan iborat nazorat tartibi o‘rnatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?