Foto: Getty Images
Fransiyaning Renault kompaniyasi 2022 yilning birinchi yarmida 1,36 mlrd yevro sof zarar ko‘rdi, deyiladi kompaniya hisobotida.
Natija kutilganidan ham yomonroq bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg. Renault Rossiya bozoridan ketishini zarar ko‘rishining asosiy sababi sifatida ko‘rsatgan. Qayd etilishicha, kompaniya buning oqibatida 2,3 mlrd yevro zarar ko‘rgan.
«Rossiyadagi faoliyat to‘xtatilishi bilan bog‘liq barcha noxush omillar, yarimo‘tkazgichlar inqirozi va xarajatlar inflyatsiyasiga ga qaramasdan, kompaniya operatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilashda davom etmoqda», — dedi kompaniya rahbari Luka de Meo.
Renault mart oyida Rossiyadagi ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatgandi. May oyida kompaniyaning Rossiyadagi aktivlari davlat tasarrufiga o‘tishi ma’lum bo‘ldi: «Reno Rossiya» YOAJning 100 foiz aksiyalari Moskva hukumatiga, «Avtovaz»ning 67,69 foiz aksiyalari «NAMI»ga, qolgan aksiyalar esa «Rostex»ga.
Rossiya bozorini tark etganidan so‘ng birinchi yarim yillikda Renault sotuv hajmi 30 foizga tushib ketdi, deb ma’lum qilgandi kompaniya iyul oyi boshida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi