
G9 SUV.
Foto: XPeng
Teslaning «qotili» sifatida ko‘rilayotgan XPeng (Xitoy) kompaniyasi yaqinda o‘z avtopilot tizimini ishlab chiqqandi. Engadget yozishicha, xitoylik avtomobilsoz endi butkul yangicha elektromobili bilan hayratga solmoqda — G9 SUV.
XPeng kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, yangi elektromobil juda tez quvvat oladi — bunaqasi hali global bozorda yo‘q. G9 SUV 10 foizdan 80 foizgacha quvvat olishi uchun atigi 15 daqiqa kifoya. Mashina 5 daqiqa quvvat olsa 200 kilometr yo‘l bosishga yetadi.
Xitoyliklar ushbu natijaga 480 kVt quvvatlagich orqali erishishdi. Solishtirish uchun: AQSHda maksimal ruxsat etilgan quvvat — 350 kVt, bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning shashtini so‘ndirmoqda.