Rossiyadagi dilerlik markazlari taklif qilayotgan narxlar tahlil qilinganda Daewoo Matiz avtomobilining rubldagi narxlari keskin tushirilgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».
2015 yilda ishlab chiqarilgan Matiz’ning eng oddiy M 19 Lite versiyasi deyarli 100 ming rublga arzonlashib, hozirda narxi 299 ming rubl (4750 dollar) ni tashkil etmoqda. Bu Rossiyadagi eng arzon avtomobil hisoblanadi.
Avtomobilning avtomagnitolali va orqa oyna tozalagichiga ega versiyasi 319 000 − 325 000 rubl (5050−5150 dollar), kondisionerli versiyasi 349 000 − 355 000 rubl (5500−5600 dollar), rul gidrokuchaytirgichi bilan 365 000 − 395 000 rubl (5800−6250 dollar), eng qimmat versiyasi − M 30 esa 399 ming rubl (6300 dollar) evaziga sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada Daewoo Gentra avtomobillarining narxi 30 foizga arzonlashgan edi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi