00:13 / 31.01.2023
270

Jahon avtobozorida eng ko‘p avtomashina sotgan Toyota yaqqol peshqadam

Jahon avtobozorida eng ko‘p avtomashina sotgan Toyota yaqqol peshqadam
Foto: Toyota
Toyota korporatsiyasi 2022 yilda 10,48 milliontadan ziyod avtomobilini sotdi (kompaniyaga qarashli Daihatsu va Hino brendlari ham shuning ichida).

Global bozorda 8,26 mln dona avtomobilini sotgan Germaniyaning Volkswagen konserni — ikkinchi o‘rinda.

Uch yildirki, Toyota jahon avtosanoatida savdolar bo‘yicha peshqadamlikni hech kimga bermayapti.

Shimoliy Amerika bozorida talabning tiklanishi hamda avtomobillar uchun butlovchi qismlar ta’minotining yaxshilanishi yapon kompaniyasi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bundan ruhlangan kompaniya 2023 yilda 10,6 mln dona mashina chiqarishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jahon avtobozorida eng ko‘p avtomashina sotgan Toyota yaqqol peshqadam