20:23 / 22.08.2023
318

Avtoraqamlar uchun to‘lovlar miqdori oshirilmoqda

Avtoraqamlar uchun to‘lovlar miqdori oshirilmoqda

Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabrdan e’tiboran bir qator to‘lovlar oshirilmoqda, deb xabar berdi Rasul Kusherbayev.

Unga ko‘ra quyidagi yangi to‘lov miqdorlari belgilangan:

  • Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari(RO‘DRB) uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida (amalda BHMning 1,5 miqdori);
  • Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida (amalda BHMning 75 foizi);
  • Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida (amalda BHMning 1 baravari);
  • Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida (amalda BHMning 50 foizi miqdorida).

Shuningdek:

  • yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
  • yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi.

RO‘DRBni o‘n ikki oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtoraqamlar uchun to‘lovlar miqdori oshirilmoqda