Toyota kompaniyasi Turkiyadagi zavodining ishini to‘xtatdi

Toyota kompaniyasi Turkiyadagi zavodining ishini  to‘xtatdi
Toyota kompaniyasi Turkiyadagi zavodining ishini  to‘xtatdi

Yaponiyaning Toyota Motor Corporation avtokonserni Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirilgani sababli o‘z zavodining ishini vaqtinchalik to‘xtatdi, deb “Kiodo” asosida xabar beradi “Kun”.

Turkiya shimoli-g‘arbida Toyota, Honda va Isuzu zavodlari joylashgan. Bu erdagi Toyota zavodi o‘tgan yil davomida Evropa bozori uchun 110 mingta avtomobil ishlab chiqargan.

Turkiyada 2 mingga yaqin yaponiyalik yashaydi. Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Turkiyada bo‘lgan fuqarolarini o‘z xavfsizliklari haqida qayg‘urishga chaqirgan. 16 iyulga Yaponiyadan Istanbulga belgilangan barcha reyslar bekor qilingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar