Toshkentda Hyundai Equus va Lacetti ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 22 iyul kuni Toshkent shahrida navbatdagi mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Taxmin qilinishicha, qora rangdagi Hyundai Equus va Lacetti avtomobillari ishtirokidagi YTH Toshkentning Kichik xalqa yo‘lida, Shimoliy vokzaldan Toshkent xalqaro aeroporti tomonga eltuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Hyundai Equus va Lacetti ishtirokidagi dahshatli YTHda Hyundai Equus avtmobili ham old tarafidan, ham chap tarafidan qattiq shikastlangan. Lacetti esa tanib bo‘lmas holatga kelib qolgan. Old qismi bilan Hyundai Equus’ga kelib urilishi natijasida Lacetti dvigatelining ayrim detallari yo‘l bo‘ylab sochilib ketgan. Hyundai Equus esa bitta g‘ildiraksiz qolgan.

Haydovchilarning ahvoli va jabrlangan haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, Hyundai Equus 1999 yilda Hyundai va Mitsubishi kompaniyalari hamkorligida yaratilgan. Ushbu mashina Koreya bozorida BMW 7 va Mercedes Benz S modellariga raqobatchi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Equus so‘zi lotincha tulpor so‘zidan olingan. Mazkur avtomobil modeli Yaqin va O‘rta Sharqda Hyundai Centennial nomi bilan mashhur. Hyundai'ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shu rusumdagi avtomobil 2015 yilda Toshkentda 100 ming AQSh dollariga sotilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing