25 ming dona Cobalt uchun onlayn kontraktatsiya ochilishi e’lon qilingandi. Mazkur avtomobil uchun shartnoma berish bir kunda tugatildi.
Savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024 yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun boshlangan onlayn kontraktatsiya jarayoni yakuniga yetdi. 24 931 ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 69 ta shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.
Onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo tizimida 56 ta kiberhujum amalga oshirildi. Bu esa platforma faoliyatida uzilishlarga olib keldi. Bundan tashqari, ushbu davr mobaynida saytga tashrif buyuruvchilar soni yuqoriligi kuzatildi. Xususan, platformada daqiqasiga 100 mingdan ortiq foydalanuvchi bo‘lgan.
Yuqori yuklanish kuzatilgani sababli UzAutoSavdo platformasida uzilishlar kuzatilishiga qaramay, avtomobillar xaridi uchun kontraktatsiya jarayoni to‘liq yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida UzAutoMotors Chevrolet Lacetti (Gentra) ishlab chiqarishni to‘xtatishi ma’lum bo‘lgan edi.
O‘shanda mazkur avtomobil uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari yangi modellarga yo‘naltirilishi aytilgandi.
2024 yil 8 may kuni esa UzAutoMotors yarim soatga bormay 4 500 dona Lacetti avtomobiliga shartnomalar tuzgan edi.
Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu vaqt ichida UzAutoSavdo tizimi 120 dan ortiq kiberhujumga uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi