22:42 / 15.07.2024
216

O‘zbekistonda BYD Seagull va E2 elektromobillarini ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda BYD Seagull va E2 elektromobillarini ishlab chiqarish boshlanadi
Foto: O‘zavtosanoat
BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlari bilan yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya xabarida keltirilishicha, ishlab chiqarish uchun ko‘zda tutilgan yangi modellar orasida BYD Seagull va E2 ham bor. Ularning birinchi namunalari sinov laboratoriyalarida tekshirilmoqda.

«BYD Seagull va E2 modellari uchun sertifikat sinovlarini o‘tkazish maqsadida ushbu avtomobillar UzTest davlat muassasasining Quality and Safety Testing sinov laboratoriyalari kompleksiga topshirildi», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 iyun kunidan Jizzaxdagi zavodda BYD'ning Chazor va Song Plus Champion modellarini ishlab chiqarish boshlangandi. Shundan so‘ng, «O‘zavtosanoat» rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov xitoylik hamkorlar bilan V, S va budjet segmentidagi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani, ularning birinchi namunalari sinovdan o‘tkazish uchun laboratoriyalarga topshirilganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda BYD Seagull va E2 elektromobillarini ishlab chiqarish boshlanadi