Foto: Google Images
Amerikaning Tesla kompaniyasi haydovchini yukxona eshigi ochiqligi haqida ogohlantirish bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish uchun Xitoydagi 1,68 million elektromobilni chaqirib oladi, deya xabar bermoqda Associated Press mamlakat bozorni tartibga solish davlat boshqarmasi (SAMR) bayonotiga tayanib.
Qaytarib olish dasturiy ta’minotni masofadan yangilash orqali amalga oshiriladi va 2020—2024 yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarga, xususan, Xitoyda ishlab chiqarilgan Model 3 va Model Y, shuningdek, import qilingan Model S va Model X ga taalluqlidir.
Regulyatorning hisobotida aytilishicha, nosozlik tufayli Tesla old tomonida joylashgan yukxona eshigi to‘liq yopilmasligi mumkin, natijada u haydash vaqtida ochilib ketib, haydovchiga xavfi tug‘diradi.
Tesla aksiyalari chorshanbadan oldingi savdolarda 0,7 foizga arzonlashdi. Yil boshidan beri kompaniya kapitallashuvi 19,3 foizga tushib, 641 milliard dollarni tashkil qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi