O‘zbekistonning Rossiya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinayotgan Ravon 2 hetchbeklari narxi yaqin orada oshadi. Rossiyadagi nashrlar xabarlariga ko‘ra, rossiyalik xaridorlar uchun bu avtomobillarning narxlariga o‘rtacha 20 ming rubldan qo‘shiladi, deyiladi "Kun" xabarida.
Ikkita xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan bazaviy modifikasiyadagi avtomobilning narxi 409 ming rubl bo‘ladi (avvalgi 390 ming o‘rniga). Top komplektasiyaning narxi esa 509 ming rublga teng bo‘ladi.
Shuni ham aytish joizki, avtomobil bozori ekspertlari narxlar oshishiga qaramasdan savdo hajmi tushib ketmasligiga ishonch bildirishmoqda.
Ravon brendi GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Rossiyada o‘tgan yilning kuzida taqdim etilgandi. Shundan so‘ng rossiyalik xaridorlarga Ravon2, Ravon Nexia, Ravon Gentra va Ravon Matiz modellari sotilishi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur brend Rossiyada ommabop bo‘lgan, lekin eskirib qolgan Matiz va Nexia hamda Rossiya bozorini tark etgan Chevrolet avtomobillari o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?