
Oʻzbekistonga 8 oyda qancha elektromobil olib kirilgani ma'lum boʻldi.
Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSh dollariga 12 913 ta elektromobil import qilgan.
8 oyda Oʻzbekiston eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 12 840 ta;
— Qozogʻiston – 22 ta;
— Gonkong – 15 ta;
— Germaniya – 12 ta;
— BAA – 10 ta;
— AQSh – 9 ta. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar