13:03 / 12.03.2015
8 457

Opel yangi flagman krossoverini tayyorlamoqda

Opel yangi flagman krossoverini tayyorlamoqda

AQShning General Motors konserni Opel, Buick, Vauxhall brendlari modellar qatorini yangi flagman krossoveri hisobiga kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Evropa OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, krossover 2020 yilgacha mo‘ljallangan Opel/Vauxhall markalari ishlab chiqarish rejalariga kiritilgan. Yangi avtomobil SUV segmenti brendlari qatorining flagman avtomobili bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi model butun dunyo bo‘ylab Buick, Opel va Vauxhall brendlari ostida sotiladi, OAVlarda yo‘ntanlamasga berilishi mumkin bo‘lgan nomlar orasida Monza SUV, Senator, Admiral va Signum variantlari muhokama qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Opel’ning ushbu modellar qatorida ikkita krossover – katta o‘lchamdagi Antara va ixcham Mokka modellari ishlab chiqariladi, Buick esa yangi nemis modeliga asos qilib olinishi mumkin bo‘lgan Envision krossoverini ishlab chiqaradi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Opel yangi flagman krossoverini tayyorlamoqda