00:29 / 19.10.2016
9 468

Uchar avtomobilning narxi ma’lum bo‘ldi

Uchar avtomobilning narxi ma’lum bo‘ldi

Bir hafta oldin Slovakiyada uchadigan avtomobil tayyorlangani haqida xabar bergan edik.

AeroMobil 3.0 deb atalgan ucharmobilning Rotax 192 nomli dvigateli yuz ot kuchiga egadir. Havoda soatiga 200 km tezlikda parvoz qiladi. Havoga ko‘tarilishi uchun 310 metrli uchish yo‘lagi lozim. Uchish paytida yonilg‘i sarfi 100 kmga 15 litr.

G‘arb saytlari unga “birinchi uchadigan avtomobil” deya ta’rif bermoqda. Bu to‘g‘ri emas. 20 yil muqaddam Amerikaning firmalaridan biri uchadigan avtomobil ishlab chiqargan, ammo avtosanoat unga qiziqish bildirmagan.

Darvoqe, ucharmobilning bahosi 200 ming evro turishi ma’lum bo‘ldi. Bu pulga vertolyot, hattoki, 4-5 yo‘lovchini oladigan samolyot sotib olsa bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Uchar avtomobilning narxi ma’lum bo‘ldi