BYD (Xitoy) taqdim etgan hisobotga koʻra, kompaniya toʻrtinchi chorakda rekord koʻrsatkichlar qayd etib, 2024 yilda 1,76 millionta elektromobil sotdi.
Ushbu bozorning amaldagi etakchisi Tesla esa 2024 yilning uch choragida 1,29 mln dona elektromobil sotdi, ya'ni kompaniya yana 476 ming dona mashina sotgan taqdirda yilni karvonboshi sifatida yakunlaydi, aks holda xitoyliklar oʻzib ketadi. Tesla kelayotgan haftada hisobotini e'lon qilishi kutilmoqda.
BYD Teslani choraklarda sotilgan mashinalar soni boʻyicha bir yil avval ortda qoldirgan, ammo yillik sotuvlarda hali peshqadamlikka erishgan emas.
Yana bir jihatni hisobga olganda, xitoyliklar allaqachon ilgarilab ketishgan. Ya'ni gibrid elekromobillarni ham qoʻshganda BYD kompaniyasi 2024 yil davomida jami 4,25 mln dona mashina sotdi. Birgina dekabrning oʻzida BYD brendi ostida 510 mingta gibrid elektromobil sotilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toqayev Nazarboyevning iste'fodan keyingi harakatlari haqida: «Siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi»
2025 yil uchun prognozlar e'lon qilindi. Bizni nimalar kutmoqda?
Estrada xonandasi Baxtiyor Sultonov hayotdan koʻz yumdi
Isroil askarlari orasida xatarli «epidemiya» tarqalmoqda
Baydenning rafiqasi Ukraina elchisidan 14 ming dollarlik toʻgʻnogʻich olgani ma'lum boʻldi
4 yanvar kuni yurtimizda qanday ob-havo boʻlishi ma'lum qilindi
Amerika Qoʻshma Shtatlarida favqulodda holat e'lon qilindi
Prezidentning qishloq xoʻjaligi boʻyicha qarorida nimalar koʻzda tutildi?