00:36 / 22.10.2016
8 780

Moskvada qaysi avtomobilning bozori chaqqon?

Moskvada qaysi avtomobilning bozori chaqqon?

Rossiyadagi ikki koreys avtomobili, ya’ni Kia Rio va Hyundai Solaris xaridorlarning cho‘ntagi uchun ayovsiz kurash olib bormoqda. Yaxshi sotilishi bo‘yicha ular orasidagi farq uncha katta emas.

“Avtostat” agentligi tahlilchilari sentyabr oyidagi mashinalar savdosini o‘rganib chiqib, Moskvaning eng mashhur avtomobilini aniqlashdi. O‘tgan oyda hamyonbop Kia Rio sedani 917 nusxa sotilib, eng xaridorgir rusum mavqeiga erishdi (o‘tgan yilning sentyabriga nisbatan -21 foizlik pasayish). Avgustda bayroq “Solyaris”da edi.

Hyundai Solaris sentyabr oyi mobaynida 904ta sotildi (-37 foiz). Uchinchi o‘rinda 673 dona sotilgan Volkswagen Polo. To‘rtlikdan Hyundai Creta krossoveri ham joy olgan bo‘lib, u 532ta sotilgan. Beshinchida Skoda Octavia (519 dona sotildi).

Moskvaliklarning xush ko‘rgan mashinalari orasida Toyota Camry (502 dona), Skoda Rapid (454), Nissan X-Trail (360), Renault Duster (346) va Toyota RAV4 (337) avtomobillari bor.

O‘tgan yilning shu oyiga taqqoslaganda savdo cho‘g‘i bir oz pasaygan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Moskvada qaysi avtomobilning bozori chaqqon?