2024 yilda bir qator yangi va yangilangan avtomobil modellari ishlab chiqildi. Quyida Car and driver jurnaliga koʻra eng yaxshi deb topilgan mashina modellari roʻyxatini keltiramiz.
Cadillac CT4-V Blackwing
Foto: Jonathan Weiss
Cadillac kompaniyasining mazkur sport sedani 2024 yilda 3,6 litrli V6 biturbo dvigatel bilan taqdim etilgan boʻlib, 472 ot kuchiga ega. Avtomobilning dizayni sport va zamonaviy uslubda. Uning tezligi 4,1 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha etadi va maksimal tezligi 304 km/soatni tashkil etadi. Mashina 66 litrli yoqilgʻi bakiga ega. Avtomatik uzatmalar qutisili Cadillac bagajining hajmi 303 litrga teng.
CT4-V Blackwing’ning narxi 60 ming dollardan boshlanadi.
Cadillac CT5-V Blackwing
Foto: Vehicles
Eng yaxshi avtomobillar reytingida Cadillac rusumi etakchilik qilmoqda. Ushbu model eng ilgʻor texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, yuqori tezlik, qulay boshqaruv, zamonaviy texnologiyalar va jozibali dizaynni oʻzida mujassam etgan. U Android Auto va Apple CarPlay tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilingan hamda Remote Start va Keyless Entry tizimlari yordamida masofadan boshqarish imkoniyatiga ega.
Boshlangʻich narxi 95 ming AQSh dollaridan boshlanadi, ammo u qoʻshimcha konfiguratsiyalar asosida oʻzgarishi mumkin.
Chevrolet Corvette
Foto: Vehicles
AQSh avtomobil sanoatining eng mashhur sport avtomobillaridan biri Chevrolet Corvette ilk bor 1953 yilda chiqarilgan. Corvette oʻzining yuqori tezligi, oʻziga xos dizayni, innovatsion texnologiyalari bilan koʻplab sport avtomobili ixlosmandlariga yoqadi.
Corvette har yili turli versiyadagi mashinalarn ishlab chiqaradi. Bugungi kunda mavjud boʻlgan eng yangi model Chevrolet Corvette C8 boʻlib, uning motori orqa tomonda (mid-engine) joylashgan. Bunday oʻzgarish avtomobil boshqaruvini qulay va tezligini sezilarli darajada yaxshi boʻlishiga hissa qoʻshadi.
Honda Accord
Foto: Vehicles
Honda Accord uzoq yillar davomida ishonchli avtomobil sifatida tanilgan. Uning mustahkam dvigateli va mexanikasi, uzoq masofali yoʻllar uchun moʻljallangan intereri sababli doim avtoreytinglarda yuqori oʻrinni egallaydi.
Honda Accord xavfsizlikka katta e'tibor beradi: u Sensing tizimi, adaptiv kruiz-kontrol, haydash uchun avtomatik yordam tizimi va favqulodda tormoz tizimi kabi ilgʻor xavfsizlik texnologiyalarini oʻz ichiga oladi. Bu model oʻrta va lyuks sinfdagi avtomobil ishqibozlari uchun yaxshi tanlovdir.
Honda Civic
Foto: Vehicles
Kichik va kompakt modeldagi Honda Civic 2 litrli 4-tsilindrli dvigatel (LX va Sport versiyalarida) va 158 ot kuchiga ega. Uzatmalar qutisi yuqori samaradorlik va yoqilgʻi tejash tizimi bilan ta'minlangan. Uning boshlangʻich narxi taxminan 23 ming AQSh dollaridan boshlanadi va professional versiyalari uchun 28 ming dollardan oshishi mumkin.
Lucid Air
Foto: Vehicles
Lucid Air bir nechta versiyada taqdim etiladi, har biri turli imkoniyatlar va mexanik xususiyatlarga ega.
Model Dual-motor all-wheel drive tizimi (2 motorli tizim) ga ega boʻlib, har bir gʻildirakni mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega. Batareya hajmi modelga qarab 113 kV/s yoki 118 kV/s. Dvigateli 480 ot kuchiga ega. Birgina quvvat bilan avtomobil 832 kilometr yura oladi. Bu xususiyat uni bugungi kundagi eng uzoq masofa bosuvchi elektr avtomobillaridan biriga aylantiradi. Mashinaning maksimal tezligi 270 km/soatga etadi.
Lucid Air’ning narxi modelga va konfiguratsiyaga qarab farq qiladi va 87 ming AQSh dollaridan boshlanadi.
Mercedes-Benz E450
Foto: Vehicles
Ushbu model Mercedes-Benz kompaniyasining E-Class seriyasiga mansub, yuqori darajadagi sport sedani boʻlib, oʻzining kuchli dvigateli, klassik intereri va nozik didli dizayni bilan ajralib turadi. Mercedes-Benz E450 versiyasi esa oʻrta sinfdagi modeldir.
3 litrli turbocharged I6 dvigatel hamda mild-hybrid tizimi bilan jihozlangan hamda 362 ot kuchiga ega. Bunday turdagi dvigatel maksimal tezlik va tezlanishni ta'minlaydi va yoqilgʻi tejash imkoniyatini beradi. Mashina 9G-TRONIC avtomatik uzatmalar qutisiga ega. Unga oʻrnatilgan 4MATIC maxsus sistemasi avtomobilning harorat va yoʻl sharoitlariga qarab har bir gʻildirakni alohida boshqaradi, bu esa mashinani yanada barqaror va xavfsiz haydash uchun zamin yaratadi.
Mercedes-Benz E450 ning narxi konfiguratsiyaga qarab taxminan 65 ming AQSh dollari va undan yuqoridir.
Porsche Boxster / Cayman
Foto: Vehicles
Porsche kompaniyasining ushbu ikkita sport avtomobilining har biri oʻzining ajoyib dizayni, mustahkam va uzoq muddatli dvigateli bilan ajralib turadi. Boxster va Cayman Porsche 718 seriyasining davomi sanaladi. Boxster — bu kabriolet (ochiq) model, Cayman esa yopiq versiyasi. Ularning narxi 60 ming dollardan 100 ming dollargacha etadi.
Subaru BRZ / Toyota GR86
Foto: Vehicles
Sport avtomobillarini yaxshi koʻradigan, ammo hamyonbop narxni izlaydigan mashina ixlosmandlari uchun mazkur modellar eng maqbul tanlovdir. Har ikkala avtomobil bir xil texnik xususiyatlarga ega. Shuningdek, ular rear-wheyel drive (RWD) tizimi va ajoyib boshqaruv tizimini oʻzida birlashtiradi.
Tesla Model 3
Foto: Vehicles
Tesla Model 3 eng mashhur va ommabop elektr avtomobillaridan biri boʻlib, oʻzining energiya samaradorligi, tezligi va innovatsion texnologiyalari bilan tanilgan. Uning tashqi koʻrinishi oddiy va minimalistik uslubda va Tesla’ning boshqa modellari kabi aerodinamik va zamonaviy dizaynga ega. Avtomobilning ichki qismi ham minimalistika uslubida, barcha vazifa oʻrtada joylashgan katta ekran orqali boshqariladi.
Tesla Model 3 ning oʻziga xos imkoniyati bu avtopilot tizimidir. U haydovchiga mashinani boshqarish, toʻxtatish, parkovka qilish kabi funktsiyalarni avtomatik tarzda amalga oshirish imkonini beradi.
Tesla Model 3 narxi 38 ming AQSh dollaridan boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar