Euro NCAP tashkiloti oʻtkazgan krash-testlar natijalariga muvofiq 2024 yilning eng xavfsiz yengil avtomobillari aniqlandi, deb xabar bermoqda Motor.
“Eng xavfsiz elektromobil” nominatsiyasida Zeekr X krossoveri gʻolib chiqdi. Bundan tashqari, ushbu model kichik krossoverlar sinfidagi eng yaxshi avtomobil sifatida tan olindi.
Foto: Euro NCAP
Tashkilot Mazda CX-80 modelini eng xavfsiz yirik krossover sifatida e'tirof etdi. Katta oilaviy avtomobillar reytingida Skoda Superb etakchilikni qoʻlga kiritdi. Mutaxassislar, shuningdek, Xitoyning Maxus eTerron 9 rusumli avtomobili yuqori darajada xavfsiz ekanini alohida ta'kidladi.
Toifalardan qat'i nazar, Mercedes-Benz E-Class mutlaq gʻolib deb topildi.
Euro NCAP — avtomobillarning faol va passiv xavfsizligini baholab, mustaqil tarzda krash-testlar oʻtkazadigan Evropa tashkilotidir.
Avvalroq Aito M9 krossoveri Xitoyning eng xavfsiz avtomobili sifatida tan olingandi.
C-NCAP uslubi boʻyicha oʻtkazilgan sinovda ushbu avtomobil xavfsizlik boʻyicha 93,9 ball toʻplagan. Aito M9 modelida haydovchi va katta yoshli yoʻlovchilar xavfsizligi 96,98 foiz darajada baholandi. Piyodalar xavfsizligi 75,38 foizni tashkil etdi, faol xavfsizlik tizimlarining samaradorligi esa 97,79 foiz deb topildi.
Renault Logan avtomobili esa Janubiy Amerikaning Latin NCAP tashkiloti tomonidan tashkil etilgan krash-testdan oʻta olmagan. Sinov yakunida mashina xavfsizlik uchun beriladigan beshta yulduzdan nol olgan.
Xususan, unda haydovchi va katta yoshli yoʻlovchilarning xavfsizligi 32,8 foiz, bolalarniki 61,2 foiz, piyodalarniki esa 46,3 foiz deb baholangan. Faol xavfsizlik tizimlarining ishlashi 0 ga teng boʻlgan. Bundan tashqari, yon tomondan zarba berilganda kuzov yuklamaga bardosh bera olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar