Nemislarning yangi Apollo Arrow superkari amerikaliklarning Scuderia Cameron Glickenhaus (SCG) firmasi ishtirokida tayyorlanadigan bo‘ldi.
SCG kompaniyasi sohibi Jeyms Glikenxaus nemis hamkasbi Roland Gumpertga yordamlashmoqchi. Bu yaqinda tashkil etilgan Apollo firmasining birinchi avtomobili bo‘ladi. “Apollo” 2013 yilda kasodga uchragan Gumpert kompaniyasi o‘rnida tashkil etilgan.
Sportkar prototipi shu yilning bahorida Jeneva avtosalonida ko‘rsatilgan. Gumpert o‘shanda avtomobilni seriyali ishlab chiqarishdan og‘iz ochmagan, chunki ko‘pdan beri moliyaviy qiyinchilikni boshdan o‘tqazayotgan edi.
Hamkor topilgach, moliyaviy tashvishlar yo‘qoldi. Bundan tashqari AQShlik biznesmen loyihaga Italiyaning Manifattura Automobili Torino kompaniyasini ham tortdi. Bu firma Apollo Arrow uchun kompozit kuzov paneli etkazib beradi. Gumpertning eski qadrdoni Audi esa ming ot kuchiga ega motor tayyorlab beradi.
Shunday qilib uzoq kuttirgan sportkar vazni 1300 kg bo‘lgani bilan yuz tezlikka 2,9 soniyadayoq erishishi ma’lum bo‘ldi. Maksimal tezligi esa soatiga 360 km bo‘lishi kutilyapti. Kelgusi yilning yozida Angliyaning Gudvud shahrida namoyish etiladi. Savdoga esa 2018 yildan boshlib chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."