16:57 / 05.11.2016
6 945

SEMA-2016 shousida vodorodli pikap namoyish etildi

SEMA-2016 shousida vodorodli pikap namoyish etildi

Tyuning-ko‘rgazmada Amerikaning General Motors kompaniyasi Chevrolet Colorado ZH2 vodorodli pikapining konseptini ko‘rsatdi.

Yonilg‘i elementiga harakatlanuvchi pikapning debyutiga ko‘p bo‘lmadi. Kompaniya innovasion yutuqlarni avtomobilsozlikka joriy etishda o‘z o‘z imkonini namoyish qilib qo‘ydi.

Nishona nusxa Chevrolet Colorado yuk mashinasining shassisiga qurilgan. Biroq u “donor”idan nafaqat ko‘rinish jihatdan, balki texnik taraflama ham farqlanadi. Vodorodli pikapimiz 37 dyuymli g‘ildiraklariga ishonib, o‘nqir-cho‘nqirlarni umuman pisand qilmaydi. Chunki tubi erdan 30,5 sm balandda.

Kapotiga kevlar (poliparafenilen-tereftalamid material) bilan ishlov berilgan, yonilg‘i yacheykasi uglerod tolasi bilan kuchaytirilgan. 92 kilovattli apparat elektromotorga energiya etkazib beradi. Motor esa 179 ot kuchiga egadir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » SEMA-2016 shousida vodorodli pikap namoyish etildi