02:26 / 04.03.2025
26

Hindiston uchun maxsus BMW 330Li M Sport taqdim etildi

Hindiston uchun maxsus BMW 330Li M Sport taqdim etildi
BMW Hindiston bozoriga mo‘ljallangan 3-Series modelining uzaytirilgan versiyasini taqdim etdi. U BMW 5-Series g‘ildirak bazasiga deyarli teng bo‘lib, o‘z sinfidagi eng uzun avtomobil hisoblanadi.

BMW 330Li M Sport Chennay shahridagi zavodda ishlab chiqariladi. Global versiyaga nisbatan 106 mm uzunroq bo‘lib, umumiy uzunligi 4819 mmga yetdi. Eng muhim o‘zgarish esa g‘ildirak bazasining 110 mm ga uzaytirilishi bo‘lib, hozirda u 2961 mm ni tashkil etadi (taqqoslash uchun, BMW 5-Series ning g‘ildirak bazasi 2975 mm). Ushbu yangilik orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilarga qo‘shimcha joy taqdim etadi.

Avtomobil ichki dizayni ham yangilangan bo‘lib, egri ekran, M-seriyali charm rul, panorama lyuk, hamda ichki yoritish tizimi o‘rnatilgan.

Texnik xususiyatlar:
2,0 litrli turbo dvigatel, 258 ot kuchi
400 Nm aylantirish momenti (1550–4400 aylanish/daqiqada)
8 pog‘onali avtomat uzatma
100 km/soat tezlikka 6,2 soniyada chiqadi
Faqat orqa g‘ildiraklar yuritiladi

Narxi: 71 500 AQSh dollari.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto