
Rossiyaning "AvtoVAZ" kompaniyasi 2025 yil iyun oyida Lada Vesta platformasida ishlab chiqilgan yangi krossover modelini taqdim etadi. Kompaniya prezidenti Maksim Sokolovning ma’lum qilishicha, seriyali ishlab chiqarish 2026 yilda boshlanadi.
"Biz 2025 yil iyunida yangi krossoverni namoyish qilamiz. Bu model Rossiya muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan va mahalliy Vesta platformasi asosida qurilgan", – dedi Sokolov.
"AvtoVAZ" hozirda Tolyatti va Ijevsk shaharlarida ishlab chiqarish zavodlariga ega. Brendning hozirgi modellar qatori olti turkumdan iborat:
Lada Vesta
Lada Largus
Lada Granta
Lada Niva Legend
Lada Niva Travel
Lada Aura

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar